date

Venger: Bu erkaklar va bolalar oʻyini edi

Venger: Bu erkaklar va bolalar oʻyini edi
Mashhur sobiq murabbiy Arsen Venger “Real Madrid” va “Barselona” oʻrtasidagi “El Klasiko” haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. “Qirollik klubi” oʻz maydonida 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Madridliklar safida Kilian Mbappe va Jud Bellingem gol urishdi, mehmonlar tarkibida esa Fermin Lopes aniq zarba yoʻlladi. “El Klasiko erkaklar va bolalar oʻyiniga oʻxshar edi.

“Real Madrid” himoyada “Barselona”ga qaraganda ancha kuchli koʻrindi. “Real” toʻpni nazorat qilgan vaqtda har doim xavf sezilardi, “Barselona” esa koʻp toʻpga egalik qilgan boʻlsa-da, hujumda oʻtkirlik yoʻq edi.

Xavi Alonso rahbariyatidagi jamoaga bunday oʻyinda yengil boʻlmaganini tan olish kerak”, – dedi sobiq “Arsenal” murabbiyi Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida. Ushbu gʻalaba “Real Madrid”ga La Liga jadvalida asosiy raqibi “Barselona”dan 5 ochko oldinga chiqib olish imkonini berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Venger: Bu erkaklar va bolalar oʻyini edi