
Germaniya chempionatining sakkizinchi turida "Bayer" va "Frayburg" oʻzaro kuch sinashdi. Kuz faslida magʻlubiyatga uchramagan jamoalar oʻrtasidagi bahsda "Bayer" gʻalaba qozondi.
Birinchi boʻlimning oʻrtalarida Ernist Poku uzoq masofadan aniq zarba yoʻllab, mehmonlar darvozasini ishgʻol qildi — 1:0. Ikkinchi boʻlimning 52-daqiqasida esa Alehandro Grimaldo toʻpni jarima maydonchasiga uzatdi, Edmon Tapsoba esa bosh bilan darvozaga yoʻllab hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi.
Shundan soʻng Poku yana bir imkoniyatga ega boʻldi, lekin "Frayburg" darvozaboni bu zarbani qaytardi, hatto Artur tomonidan amalga oshirilgan xavfli zarbani ham bartaraf etdi. 74-daqiqada "Frayburg" futbolchisi Filip Linhart ikkinchi sariq kartochkani olib maydondan chetlatildi va mehmonlar oʻyin oxirini bir kishi kam boʻlib oʻtkazishga majbur boʻlishdi.
Ushbu gʻalabadan soʻng "Bayer" 17 ochko toʻplab toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi, "Frayburg" esa 9 ochko bilan 11-oʻrinda joylashgan.
Bayer "Frayburg"ni ishonchli magʻlub etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar