date

"Bavariya" Mark Gexi bilan muzokaralarni boshladi

"Bavariya" Mark Gexi bilan muzokaralarni boshladi

"Kristal Pelas"ning markaziy himoyachisi Mark Gexi "Bavariya"ning transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Angliyalik futbolchi "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan, shu sababli kelasi yozda erkin agent sifatida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Huddi shunday vaziyat Diyo Upamekano bilan ham yuz berishi mumkin, chunki uning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2026-yil iyun oyida yakunlanadi. Jurnalist Kristian Falkning ma’lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi allaqachon Gexining vakillari bilan muzokaralarni boshlagan.

Gexi "Bavariya"da Upamekanoning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Shuningdek, "Kristal Pelas" sardori uchun "Liverpul", Madridning "Real" klubi va boshqa Yevropa grand klublari bilan kurash olib borilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Bavariya" Mark Gexi bilan muzokaralarni boshladi