
Germaniya terma jamoasi va "Bavariya"ning sobiq himoyachisi Jerom Boateng Myunxen klubida stajirovka oʻtmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar muzokara oʻtkazib, Boatengning "Bavariya"dagi stajirovkasini bekor qilishga qaror qilishdi. Futbolchi uning atrofidagi mojaro klubga zarar yetkazishini istamaydi, deyiladi Germaniya chempionining bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, Boateng 2011 yildan 2021 yilgacha Myunxen klubida faoliyat yuritgan. Germaniya terma jamoasi safida u 76 ta oʻyinda maydonga tushib, bir marta gol kiritgan.
2014 yilda esa u "Bundestim" bilan Jahon chempioni boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar