date

"Yuventus" 34 yillik antirekordni yangiladi

"Yuventus" 34 yillik antirekordni yangiladi
"Yuventus" jamoasi muvaffaqiyatsizliklar seriyasini davom ettirdi. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan A Seriya uchrashuvida turinliklar Rimning "Latsio" jamoasiga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv taqdirini Tom Bashićning 9-daqiqada kiritgan goli hal qildi. "Yuventus" ketma-ket sakkizinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.

Shuningdek, Opta maʼlumotlariga tayanib "Gazeta.Ru" xabariga ko‘ra, Igor Tudor boshchiligidagi jamoa ketma-ket to‘rt o‘yinda gol ura olmadi. Bu holat so‘nggi marta 1991 yilda, Luigi Maifredi bosh murabbiy bo‘lgan davrda kuzatilgan edi.

Hozirda "Yuventus" Italiya chempionatining turnir jadvalida 8 o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 8 turdan so‘ng 12 ochko to‘plagan.

29 oktyabr, chorshanba kuni "Bianconeri" o‘z maydonida "Udineze"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" 34 yillik antirekordni yangiladi