date

Rayo Valyekano soʻnggi daqiqalarda gʻalaba qozondi

Rayo Valyekano soʻnggi daqiqalarda gʻalaba qozondi
La Liga oʻrtamiyona jamoalari "Rayo Valyekano" va "Alaves" 10-tur yakshanba oqshomida oʻzaro toʻqnash kelishdi. Oʻyinning 42-daqiqasida Xorxe de Frutos xavfli zarba yoʻllab, darvozabonning ajoyib reaktsiyasini sinadi.

67-daqiqada mezbonlar qarshi hujumida Isi Palasonning zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. Antonio Martines esa jarima maydonchasida boʻsh holatda zarba berishga muvaffaq boʻlolmadi va imkoniyatni boy berdi.

Ikkinchi boʻlim qoʻshib berilgan daqiqalarda Alejandre Juravski bosh bilan urilgan gol evaziga mezbonlarga 1:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Ushbu natija bilan "Rayo Valyekano" 14 ochko bilan ettinchi oʻrinni boʻlishmoqda, "Alaves" esa 12 ochko bilan 12-oʻringa joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rayo Valyekano soʻnggi daqiqalarda gʻalaba qozondi