Markaziy bank Boshqaruvi joriy yilning 28 iyun kunidan qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mazkur qarorning qabul qilinishi joriy yilning o‘tgan davrida inflyasiya sur’atlarining tezlashishi hamda inflyasion xatarlarning ortishini cheklash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlandi.
Bungacha qayta moliyalash stavkasi 2015 yil 1 yanvardan buyon 9% qiymatda edi.
Shu o‘rinda ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, qayta moliyalash stavkasi bilan belgilangan kreditlardan birini olgan va bugungacha yillik 9% qiymatda kredit to‘lovlarini amalga oshirib kelayotganlar endi nima qiladi? Eski foiz bo‘yicha to‘laydimi yoki oshirilgan qayta moliyalash stavkasiga ko‘ra, yillik 14% qiymatda to‘lashni boshlaydimi?
Buni aniqlashning yo‘li oddiy.
Qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha kredit olgan shaxslar bank bilan tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘z yugurtirishlari lozim. Shartnomaning “Kredit shartlari” bo‘limida kredit bo‘yicha foiz stavkasi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Agar foiz stavkasi shartnomada aniq 9% qilib belgilangan bo‘lsa, unda garchi qayta moliyalash stavkasi 14% ga oshgan bo‘lsa ham, lekin eski qiymatda (9%) to‘lanaveradi.
Agar shartnomada foiz stavkasi “joriy qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha” deya ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda 28 iyundan boshlab oshirilgan 14% da to‘lanadi.
Ammo aksariyat banklar shartnomada aniq foizni ko‘rsatadi, shu sababli ko‘pchilik xavotir olmasa ham bo‘ladi.
Masalan, “Kamolot” uylari uchun ajratiladigan kreditlar Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi 250-sonli qaroriga asosan qayta moliyalash stavkasiga teng bo‘lgan foizli stavka bilan 20 yil muddatga beriladi.
Maqolani tayyorlash chog‘ida ana shunday “Kamolot” uyini olganlardan biri bilan bog‘landim va shartnomasidan nusxa berishni iltimos qildim.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan tuzilgan shartnomaning 2.4-bandida quyidagicha qoida kiritilgan:
“Kredit bo‘yicha foiz stavkasi — yillik 9 (to‘qqiz) foiz”.
Manba: xushnudbek.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»