date

Anje, Nitssa va Gavr gʻalaba qozondi

Anje, Nitssa va Gavr gʻalaba qozondi
1-Liganing toʻqqizinchi turidagi bir nechta uchrashuvlar yakunlandi. "Anje" autsayderlar oʻrtasidagi bahsda "Loryan"ni 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Jamoa safida Piter Prosper va Sidiki Sherif gol urishdi. Mehmonlar esa oʻzlariga berilgan penaltini amalga oshira olmadilar.

"Nitssa" esa safarda "Renn"ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Sofyan Diop va Jonatan Klossning birinchi boʻlim oxiridagi gollari jamoaga gʻalaba keltirdi.

Mezbonlar safida Abdelhamid Ait Budlal farqni qisqartirgan boʻlsa, uchrashuvning 90-daqiqasida Muhammad Mete tomonidan urilgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi. "Gavr" ham safardagi uchrashuvda "Oser"ni 1:0 hisobida magʻlub etdi.

Mezbon darvozasiga yagona golni 47-daqiqada Abdullaye Ture kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anje, Nitssa va Gavr gʻalaba qozondi