13:18 / 07.05.2018
3 642

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi deyarli 2 barobar oshdi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi deyarli 2 barobar oshdi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi joriy yilning birinchi kvartalida o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda 1,8 marta oshdi. Bu haqda «Sputnik O‘zbekiston»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi joriy yilning birinchi kvartalida 41,5 million dollarga yetgan.

Tojikiston O‘zbekistonga asosan xom ashyo eksport qiladi, tayyor mahsulotni import qiladi. Sement va kvars qum ham eksport qilinadigan tovarlar qatoriga kiradi.

O‘zbekistondan Tojikistonga import qilinadigan tovarlar ro‘yxatidan oziq-ovqat mahsulotlari va avtomobillar joy olgan.

Avvalroq O‘zbekiston banklari Tojikistondagi mahalliy korxonalar eksportini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollargacha mablag‘ ajratishi ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi deyarli 2 barobar oshdi