00:19 / 17.05.2018
3 021

AQSh va O‘zbekiston korxonalari orasida imzolangan shartnomalar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

AQSh va O‘zbekiston korxonalari orasida imzolangan shartnomalar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi
Foto:«US Embassy in Uzbekistan»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShda bo‘lib o‘tayotgan tashrifi davomida O‘zbekiston va AQShning yetakchi korxonalari orasida bir qator muhim shartnomalar imzolandi.

Xalqaro press-klub xabarida aytilishiga ko‘ra, shartnomalar 2018 yilning 15 may kuni 11:00-12:00lar orasida «White & Case» kompaniyasi ofisida imzolangan.

Xususan, imzolangan shartnomalar orasida quyidagilar bor:

1. «O‘zbekenergiya» AJ va «General Electric Gas Power Services» o‘rtasida:
Toshkent TES hududida qo‘shma korxonalar asosida elektr-energiyasini ishlab chiqarish uchun texnologiyalarni tanlash to‘g‘risidagi bitim;

Toshkent yoki Surxondaryo viloyatida yuqori ko‘mir yoqilg‘isini yoqish natijasida elektr-energiyasini ishlab chiqarish va texnoligiyani tanlash bo‘yicha kelishuv;

2. «O‘zbekneftgaz» OAJ «General Electric» o‘rtasida:
Gazni tashish tizmini texnik qayta jihozlash va rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun moliyalashtirishni jalb qilish maqsadida hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi;

O‘zbekistonda yagona xizmat markazini yaratish doirasida «General Electric» ning turbo texnikasini ta’mirlash va ta’mirlash usullarini mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik bitimi;

«O‘zbekneftgazdobicha» ochiq aksiyadorlik jamiyati gaz-kompressor va gaz-turbin uskunalarini birgalikda texnik audit qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim.

3. «Jizzax Petrolium» va «Honeywell UOP» o‘rtasida:
«Stroitelstvo NPK Djizakskoy oblasti» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar (texnikalarni litsenziyalash bo‘yicha);

«O‘zbekneftgaz» ochiq aksiyadorlik jamiyati raisi Bahodir Siddiqov va «Exxon Mobil» kompaniyasi vitse-prezidenti Shuan Smit o‘rtasidagi kelishuv:

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etishda hamkorlik to‘g‘risidagi memorndum (letsenziat va uskunalar yetkazib beruvchi sifatida).

4. «Dori Darmon» AJ va «United Investment Healthcare Group LLC» o‘rtasida:
«Dori Darmon» aksiyadorlik jamiyati va « United Investment Healthcare Group LLC» MChJ o‘rtasidagi anglashuv memorandumi.

5. «O‘zbekneftgaz» OAJ va «Honeywell UOP» o‘rtasida:
Metandan olefinlarni va ular asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi.

«UOP" kompaniasining «Separex» texnologiyasidan foydalangan holda gazni qayta ishlash jarayonini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi.

SCADA hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi.

6. «VMV Trade» MChJ va «Silverlate Capital» o‘rtasida:
Jizzax viloyatida agrosanoat tashkil etish to‘g‘risidagi bitim;

7. «Uz-American Trade Sorp. » savdo uyi va «Golden Natural Group» o‘rtasida:
AQShga o‘zbek quritilgan mevalari va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish to‘g‘risidagi shartnoma.

8. «Uzbekenergo» AK va «SkyPower Global» o‘rtasida:
«O‘zbekistonda qo‘yosh elektr-energiyasini qurish» loyihasini rivojlantirish to‘g‘risida.

9. O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslan Davletov va hamkor kompaniya «Baker & McKenzie» o‘rtasida:
Sohada tajriba almashish, huquqshunoslik va kadrlar malakasini oshirish masalalari bo‘yicha kelishuv.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)