Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi chogʻida umumiy qiymati 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kerak. Bu haqda “Turon24” xabar berdi.
“Iqtisodiy aloqalar haqida gapirsak, albatta, bu prezident Mirziyoyev 8-9 oktyabr kunlari Parijga kelganida maʼlum boʻladi. 4 milliard yevro qiymatga ega shartnomalar imzolanishi kerak. Bularning katta qismi energetika sohasiga — Orano (sobiq Areva) kompaniyasi bilan hamkorlik qilish va sizning mamlakatingizda atom elektrostansiyasi qurilishi ehtimoliga bogʻliq. Bu kutilayotgan shartnomalardan biri”, deydi Dyupyui.
Uning aytishicha, Orano – uranni qazib chiqarishga ixtisoslashgan davlat kompaniyasi boʻlib, yaqinda oʻtkazilgan izlanish va hisob-kitoblarga koʻra, Oʻzbekistonda 230 ming tonna uran borligi aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan bugundan eʼtiboran 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi