Muvaffaqiyatli tadbirkorlarning o‘z ishini tashkil etmoqchi bo‘lganlarga ishtiyoq beradigan tavsiyalari.
1. Harakatlaringizni rejalashtiring
Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun aniq maqsadga ega bo‘lish lozim. Biroq bu eng muhimi emas. Maqsadga erishishning qadam-baqadam rejasi bundan-da muhim sanaladi.
Faol harakatlarga kirishishdan avval strategiya ishlab chiqing. Biznes-rejani tayyorlash ehtimoldagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va istalgan natijalarga erishish imkonini beradi.
“Ko‘p yillar avval kimdir daraxt ekkani uchun bugun o‘zgalar soyada o‘tiribdi”.
Uorren Baffet, tadbirkor, dunyodagi yirik sarmoyador
2. Biznesingizni reklama qiling
Agar mahsulot va xizmatingizning afzallik jihatlari haqida gapirmasangiz, u haqida hech kim tasavvurga ega bo‘lmaydi. Bugun o‘z-o‘zini reklama qilish uchun ijtimoiy tarmoqlar a’lo darajadagi vosita sanaladi. U yerda sizni ko‘plab istiqboldagi mijozlar tanishadi.
3. Mijozlar manfaatini hisobga oling
Har qanday startapning birlamchi vazifasi – mijozlar ehtiyojlarini qondirish. Mijozlar bilan yaxshi munosabatlar – muvaffaqiyatli biznes kaliti.
“Biznesning maqsadi – mijoz yaratish va uni ushlab qolish”.
Piter Druker, iqtisodchi, menejment nazariyashunosi, yozuvchi
4. Tavakkaldan cho‘chimang
Aks holda odatiy chegaralardan chiqa olmaysiz. Dastlab ko‘plab tavakkal qadamlar tashlashga to‘g‘ri keladi. Oldingizda murakkab tanlov bo‘ladi. Biroq xatolar qilishdan cho‘chimang. Chekinmang va olg‘a harakat qilishda davom eting.
“Shu qadar tez sur’atlarda o‘zgarayotgan dunyoda muvaffaqiyatsizlikka uchrashning eng ishonchli usuli – tavakkal qilmaslik”.
Mark Sukerberg, Facebook asoschisi
5. Iroda kuchini yo‘qotmang
Kimdir muvaffaqiyatingizga shubha bilan qaraydi. Yana boshqa birov muhokama qiladi. Boshqasi esa sizni to‘xtatishga intiladi. Sog‘lom bo‘lmagan tanqidga e’tibor bermang. Agar biror narsaga qaror qilgan bo‘lsangiz, maqsadingiz sari olg‘a qadam tashlang.
“Ishonchim komil, muvaffaqiyatli tadbirkorni muvaffaqiyatsizidan sabr va qat’iyat ajratib turadi”.
Stiv Jobs, Apple asoschisi
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi