3 928
Barcha iste’molchilar 2021 yil yakunigacha avtomatlashtirilgan tizimga to‘liq ulanadi
Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 23 oktyabrda imzolangan “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi.
Bu haqda “O‘zbekenergo” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“2021 yil yakuniga qadar elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizigacha yetkazilishi belgilangan.
Avtomatlashtirilgan tizim iste’molchi bilan ta’minotchi o‘rtasida aniq hisob-kitob yo‘lga qo‘yish orqali ishlaydi. Ya’ni, iste’molchi o‘zining hisobi (balansi) holati bo‘yicha doimiy xabardor etib boriladi. Bordi-yu, qarzdorligi mavjud iste’molchi bo‘lsa, unda u tizimdan o‘chiriladi. To‘lovni vaqtida amalga oshiradigan iste’molchilarga esa uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq ta’minlanadi. Bundan tashqari, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish imkoniyati ham yuzaga keladi”, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi