00:02 / 09.01.2019
3 291

Gruziyaning TBC banki O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

Gruziyaning TBC banki O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi
Foto: smebanking.news
Gruziyaning eng muvaffaqiyatli banklaridan biri TVC Bank O‘zbekiston bank bozoriga kirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi «Gazeta.uz».
Bankning moliyaviy direktori Georgiy Shagidzening ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda hozirda kechayotgan islohotlar Gruziya bosib o‘tgan o‘zgarishlarni yodga soladi.

«Biz bu yo‘lni bosib o‘tib, kuchli bilim va imkoniyatlarni qo‘lga kiritganmiz. Ularni O‘zbekiston bozoriga olib kirishimiz mumkin. Biz O‘zbekiston bank tizimi uchun o‘ziga xos katalizator vazifasini bajarishimiz mumkin», — dedi u.

TVS O‘zbekiston bozoriga o‘tgan yil yozida mobil xizmat sifatida ishga tushirilgan hamda filialga ega bo‘lmagan Space raqamli neobanki bilan kirishni mo‘ljallamoqda.

Space o‘z mijozlariga keng ko‘lam chakana bank xizmatlari, jumladan, kreditlash, omonat mahsulotlari hamda to‘lov kartalarini taqdim qiladi. Lekin Space’ning o‘zbek versiyasi «keyingi avlod» filiallari shaklida jismoniy ish yuritishni ham ko‘zda tutadi.

Georgiy Shagidzening aytishicha, bank O‘zbekistonda shu yilning boshida ishga tushishi kutilayapti. Bank O‘zbekistonning murakkab korporativ sektoridan uzoqroq yuradi, asosan chakana mijozlar, shuningdek, mikro, kichik va o‘rta biznes bilan ishlashga asosiy urg‘uni qaratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Gruziyaning TBC banki O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi