Foto: Markaziy bank matbuot xizmati
Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) va Mastercard xalqaro to‘lov tizimi o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Memorandum imzolanishi Mastercard tarmog‘ida «HUMO International» to‘lov kartalari qabul qilinishini nazarda tutadi.
Hamkorlikning birinchi yo‘nalishi — «HUMO International» to‘lov kartasi chiqarish va ularni Mastercard xalqaro tarmog‘ida to‘lash uchun qabul qilishni ta’minlash. Memorandum imzolanishi natijasida «HUMO International» to‘lov kartalari dunyoning 70 milliondan ortiq savdo nuqtasida qabul qilinadi.
«HUMO International» to‘lov kartalari egalari Mastercard tarmog‘idagi barcha nuqtalarda xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi, xususan, oldindan mehmonxonalarni band qilish, internet orqali chiptalarni sotib olish va boshqa onlayn operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Ushbu kartalardan nafaqat chet el, balki O‘zbekistonda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ikkinchi yo‘nalish — jamoat transportida naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish. MBPM va Mastercard metroda haq to‘lashda HUMO to‘lov kartalari va Mastercard kartalaridan foydalanish bo‘yicha Toshkent metropoliteni bilan hamkorlikda pilot loyihasini amalga oshirishni kelishib oldi. Ushbu loyihani amalga oshirish bir necha oyni talab qiladi, ammo uni yaqin orada amalga oshirish rejalashtirilgan.
Hamkorlikning yana bir muhim jihati firibgarlikdan himoya qilishga qaratilgan yangi yuqori texnologik mahsulot va yechimlarni taklif qilish yo‘li bilan to‘lov tizimining barcha ishtirokchilari xavfsizligini kuchaytirish bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi