Foto: Kun.uz
Butunxitoy Xalq vakillari yig‘ini moliyaviy-iqtisodiy qo‘mitasi a’zosi Say Linning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi yuqori sur’atda o‘smoqda. U bu haqda «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyati» mavzuida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ma’lumot berdi.
Uning bildirishicha, 2018 yilda savdo aylanmasi 6,26 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, uning 3,94 milliard dollarini Xitoyning O‘zbekistonga eksporti tashkil qilsa, 2,32 milliard dollari O‘zbekisonning Xitoyga eksportidan iborat.
Joriy yil iyun oyi holatiga ko‘ra, savdo aylanmasi 3,33 milliard dollarga yetgan.
Bundan tashqari, iqtisodiy, investitsiyaviy, texnik jihatdan ham sheriklik rivojlanib bormoqda. Xitoy statistik ma’lumotlariga qaraganda, o‘zaro hamkorlik boshlanganidan buyon 2019 yilning iyun oyi oxirigacha Xitoy O‘zbekistonga jami 3,37 milliard dollar investitsiya kiritgan va 7,02 milliard dollarlik shartnomalaar imzolangan.
Ayni paytda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga ham harakat qilinmoqda. Jumladan, yaqin yillarda gilos, mosh va qalampir eksporti bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Say Linning qo‘shimcha qilishicha, joriy yil avgustida Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan va O‘zbekiston bosh vaziri Aripov ishtirokida Xitoyga qovun va asal eksport qilish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi