2 550
Abdulla Azizov: «Yil boshida soliq stavkasining pasayishi byudjetga katta zarba beradi degan qo‘rquv bor edi»
25 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq siyosatini takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi.
3 oktyabr kuni Xalqaro press-klubda shu mavzuga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdulla Azizov ham ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Savol: «2019 yilning 1 choragida davlat byudjetiga soliqlardan tushumlar 161 foizga o‘sdi deyilyapti. Bu biroz shubhali raqamlar. Soliqlar tushumi nimaning hisobiga oshdi?»
«Soliq stavkalarining tushirilishi natijasida tadbirkorlar xufyona biznesdan qocha boshladi. Masalan, shu vaqt mobaynida 500 mingdan ortiq ishchi-xodim qonuniy ro‘yxatdan o‘tdi. Chunki ular to‘laydigan soliqning miqdori pasaysa, soliqdan qochishning foydasi bo‘lmaydi.
Har bir tadbirkorning asosiy maqsadi – biznesni kengaytirish hisoblanadi. Buning uchun legalizatsiya qilish, hamkorlarni ko‘paytirish, birgalikda ishlash, eksport qilish, yangi texnologiyalar haqida o‘ylash, katta bozorga chiqish kerak. O‘ylab ko‘rsangiz, soliqlar miqdori katta emas. Natijada, bu sizga motivatsiya, ishtiyoq beradi. Endi kuchingizni soliqdan qochishga emas, balki katta bozorga chiqib, qonuniy ishlashga sarflaysiz, biznesni rivojlantirishga qaratasiz.
Soliq stavkasini pasaytirishdan maqsad – o‘rtadagi raqobatni kuchaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, odamni yangicha o‘ylashga o‘rgatish, investitsiyalarni oshirish. Shu ish yakunda o‘z natijasini berdi. Yanvarda hammamiz qo‘rqqan edik. Soliq stavkasining pasayishi byudjetga katta zarba beradi degan qo‘rquv bor edi. Ammo prezidentimizning tashabbusi o‘zini oqladi – soliq tushumi 161 foizga oshdi. Bu juda ham yaxshi ko‘rsatkich. Yanvarda 6,7 mingta QQS to‘lovchilari bo‘lsa, hozirgi kunda bu raqam 52 mingga bordi. Yil oxirigacha 75 ming bo‘lishini kutayotgandik. Endi QQS stavkasi tushirilganidan so‘ng, 80 mingga yetadi deb taxmin qilyapmiz.
Umumiy olganda, bu islohotlarning to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini ko‘rsatmoqda. QQS to‘lovchilar soni ham oshmoqda. Hozir QQS to‘lovchilarini guvohnomalar orqali nazoratga oldik. Ammo 9 mingga yaqin tadbirkor hech qanday soliq to‘lamayapti. Bu nimani anglatadi? Demak, qandaydir xufyona biznesi borligini gumon qilish mumkin. QQS to‘lovchi degan guvohnomani olib, hech qanday hisobot topshirmasdan ishlab yurgan bo‘lishi mumkin. Biz bu holatlarni ham dastur orqali nazoratga olishni boshladik. Ya’ni oldi-berdi qilgan tomonlarning ikkalasi ham hisobot topshirish kerak. Agar bir tomon topshirsa, ammo ikkinchi tomon topshirmasa, biz buni taqqoslash yo‘li orqali darhol bilib olyapmiz.
Xitoy so‘nggi 18 yilda Yalpi ichki mahsulotni (YaIM) 10 barobar oshirdi. Bunga qanday erishgan? Ular shunday tizim yaratdiki, hech bir tadbirkor soliqdan qochib ketolmadi. Uni har tarafalama nazorat qildi. Biz ularni jazolash maqsadida emas, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish maqsadida nazorat qilyapmiz. Biz shunday tizim yaratishimiz kerak-ki, bizga barcha ma’lumotlarni tahlil qilib, kamchilikni aniqlashi kerak. Soliqchilar esa shunga mos ravishda chora ko‘rishi kerak», - dedi Abdulla Azizov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»