Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni oshib bormoqda

O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni izchil ortib, 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra ularning umumiy miqdori 19 072 taga yetdi. Iqtisodiy faoliyat turlari orasida eng katta ulush savdo (6 814 ta) va sanoat (3 831 ta) sohalariga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, qurilish, axborot-kommunikatsiya hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida ham xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar faolligi yuqori ekanligi kuzatildi. Qolgan korxonalar qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa turli iqtisodiy tarmoqlarda o‘z faoliyatini yuritmoqda.
Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni izchil ravishda ortib bormoqda.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yil 1 aprel holatiga koʻra, mamlakatda jami 19 072 ta shunday korxona faoliyat olib bormoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng katta ulush savdo sohasiga toʻgʻri keladi — bu yoʻnalishda 6 814 ta korxona ishlamoqda.
Shuningdek, sanoat sohasida 3 831 ta, qurilishda 1 544 ta, axborot va aloqa yoʻnalishida esa 1 488 ta korxona qayd etilgan.
Yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 839 ta, tashish va saqlash sohasida 601 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda.
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 485 ta, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 225 ta korxona mavjud.
Qolgan 3 245 ta korxona esa boshqa turli iqtisodiy yoʻnalishlarda ish yuritmoqda.


























Izohlar 0
…