15 aprel uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 15 aprel, 2026 yil sanasidan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Unga ko‘ra, bozordagi barcha asosiy xorijiy valyutalar milliy valyutaga nisbatan qimmatlashdi.
AQSh dollari kursi 15,28 so‘mga oshib, 12 141,38 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi esa sezilarli darajada, ya’ni 141,7 so‘mga ko‘tarilib, 14 313,47 so‘m etib belgilandi. Britaniya funt sterlingi ham yuqori o‘sish sur’atini ko‘rsatib, 157,72 so‘mga qimmatlashdi va 16 443,07 so‘mga yetdi.
Shuningdek, Rossiya rubli 1,15 so‘mga oshib, 160,26 so‘mni tashkil qilmoqda. Shveytsariya franki 212,13 so‘mga qimmatlashib, 15 551,91 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani 1 781,18 so‘m (+6,05) va Yapon ienasi 76,37 so‘m (+0,46) qiymatida qayd etildi. Ushbu yangilangan kurslar bank operatsiyalari va hisob-kitoblar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!