23 aprel uchun dollar kursi prognozi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston valyuta bozorida AQSH dollari kursining pasayishi kuzatilmoqda, deb bankir telegram kanali xabar berdi. Prognozlarga koʻra, 23 aprel, 2026 yil kuni amal qiladigan dollar kursi 20-21 soʻm atrofida arzonlashishi kutilmoqda.
Hozirda banklarga dollarni sotish boʻyicha eng yuqori va qulay narxlarni Aloqabank (12 040 soʻm), Universalbank (12 040 soʻm) taklif qilmoqda. Shuningdek, Anorbank va Garantbank muassasalarida valyuta sotish kursi 12 030 soʻm etib belgilangan.
Dollar sotib olmoqchi boʻlganlar uchun eng past kurslar Xalq Bank (12 070 soʻm) va OFB (12 070 soʻm) banklarida qayd etildi. Asia Alliance Bankda sotib olish kursi 12 075 soʻm, Davrbankda esa 12 080 soʻmni tashkil etmoqda. Valyuta ayriboshlash operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin banklarning ichki kurslarini qayta tekshirish tavsiya etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!