Senatorlar «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini muhokama qildilar. Bu haqda senat axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur normativ-huquqiy hujjat valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi, valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy chora-tadbirlarning ustuvorligi, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi. Qonun bilan Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi davlat organi etib belgilangan.
Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, ushbu Qonunning qabul qilinishi rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarrruf etish bo‘yicha huquqlarini to‘liq amalga oshirishga, amaliyotda uchraydigan valyuta operatsiyalarini o‘tkazishning imkon qadar barcha jihatlarini ta’riflashga, shuningdek mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda kapital harakatlanishi bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish imkonini beradigan qonunchilik bazasini tashkil etishga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi