O‘zbekistonda elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va qoplash tartibini belgilovchi qonun qabul qilindi, deb xabar qildi Markaziy bank.
“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonuni asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020 yil 29 aprelda 3231-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi", - deyilgan xabarda.
Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, elektron pullar muomalasi, elektron pullar tizimida risklarni boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko‘p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to‘langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.
O‘zbekistonda elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarining ayrim jihatlari:
- Elektron pullar - elektron hamyon shaklida yoki oldindan to‘langan karta (prepaid card) ko‘rinishida emitent, operator yoki elektron pullar tizimining agenti tomonidan foydalanuvchiga beriladi;
- O‘zbekiston hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyuta - so‘mda nominallashtirilgan bo‘lishi shart;
- O‘zbekiston hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda faqat Respublika hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinadi;
- xorijiy emitent tomonidan chiqarilgan, chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalari mazkur sub’ekt bilan shartnomasi mavjud bo‘lgan o‘zbekistonlik emitent tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekistonda, elektron pullar tizimining yaratilishi hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy IT va texnologik yechimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek mahalliy elektron pul tizimlarining xorijiy elektron pul tizimlariga integratsiya qilinishiga shart-sharoit yaratiladi, - deyilgan Markaziy bank xabarida.
Bugungi kunda dunyoda eng keng tarqalgan elektron pullar tizimlari bu: WebMoney, PayPal, ApplePay, SamsungPay va boshqalar. Rossiyada eng ommaviy elektron pullar bu Sberbank Onl@yn, YandeksDengi, QIWI va boshqalar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi