date

Aysanem Yusupova haqida siz bilgan-bilmagan 12 ta fakt

Aysanem Yusupova haqida siz bilgan-bilmagan 12 ta fakt

Aktrisa Aysanem Yusupova haqida 12 ta qiziqarli fakt:

1. Aysanem Yusupova 1997 yil 2 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. 2012 yil maktabni tamomlagach, Nukus Davlat Yuridik kollejida o‘qigan. 2020 yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining „Teatr va kino aktyorligi“ yo‘nalishi bakalavrini, 2022 yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

2. Dastlab faoliyatini xonandalik bilan boshlagan. Aktrisa sifatida ilk bor 2017 yil „Maftuningman 2“ filmida Qizlargul rolini ijro etgan. 2019 yil suratga tushgan Hilol Nasimov rejissyorligidagi „Meros“ filmida Oygul obrazi orqali keng tanilgan.

3. Aysanem Yusupova dastlab xonanda sifatida 8-9 sinfda o‘qiyotgan vaqtlarida “Vatan”, “Ona”, “Yoshlik” haqida qo‘shiqlar aytib, ularga kliplar suratga oldirgan.

4. Rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olingan „O‘zbek qizi“ filmidagi bosh roli Aysanem Yusupovani xalqaro miqyosda tanitgan. Ushbu roli uchun Rossiyada o‘tkazilgan IV Xalqaro „Lendok“ kinofestivalida va Tojikistonda o‘tkazilgan „Toji Somon“ II Xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli uchun“ nominatsiyasida g‘olib chiqqan.

5. Aktrisaning eng sevimli futbolchisi - Krishtianu Ronaldu.

6. Aysanem Yusupova 2023 yil “Singlim” serialida ilk bor salbiy rol ijro qilgan.

7. Aktrisa Aysanem Yusupova ko‘proq o‘zidan katta ustozlar davrasida bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Aktrisalar Ra’no Zokirova, Muyassar Berdiqulova, Shohida Uzoqova, Dilnoza Kubayevalar davrasida bo‘lib, ulardan ko‘proq ijodiy saboq olishni ma’qul ko‘radi.

8. Eng mazza qilib ishlaydigan partnyorlari bu Shohruh Hamdamov va Fotih Nasimov.

9. 2023 yilda “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisa” ro‘yxatiga kiritilgan.

10. Aysanem Yusupovani kino olamiga olib kirgan ustozi - rejissyor Hilol Nasimov.

11. Aysanem Yusupova ko‘p marta syomkalarda jarohat olgan. Jumladan, “O‘zbek qizi” filmida qo‘lining tirsak qismini shisha siniqlari kesib ketgan. “Meros” filmida esa, otdan yiqilgan, lekin o‘ziga kelgach, yana o‘sha otga minib, suratga tushishni davom ettirgan.

12. Aysanem Yusupova 2024 yil "Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aysanem Yusupova haqida siz bilgan-bilmagan 12 ta fakt