date

Erkak turmush qurishni talab qilgan sevgilisini yoqib yubordi

Erkak turmush qurishni talab qilgan sevgilisini yoqib yubordi

Hindistonda taksi haydovchisi o‘ziga uylanish taklifini talab qilib bosim o‘tkazgan sevgilisini yoqib yubordi. Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya Maxarashtra shtatidagi 33 yoshli erkakni 26 yoshli sevgilisini o‘ldirgani uchun hibsga olgan. 2025-yilning 26-noyabr kuni ayol uyga qaytmagach, qarindoshi politsiyaga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, o‘sha kuni ayol o‘g‘lini maktabga olib borib, so‘ng taksi haydovchisi bo‘lgan sevgilisi bilan uchrashgan. Erkak uni o‘z tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga olib borishni va’da qilgan, ammo buning o‘rniga shahardan tashqariga olib chiqib, bo‘g‘gan va temir truba bilan kaltaklagan. Keyin mashinasidan benzin chiqarib, ayolni yoqib yuborgan. 27-noyabr kuni politsiya ayolning qisman kuygan jasadini topgan.

Dastlab gumonlanuvchi jinoyatga aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq uzoq davom etgan so‘roqdan so‘ng, u bir necha yildan beri jabrlanuvchi bilan munosabatda bo‘lganini va ayol undan uylanishni talab qilganini tan olgan. Erkak oldinroq boshqa ayolga uylangani uchun munosabatni tugatishga qaror qilgan va undan butunlay qutulish uchun o‘ldirganini aytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Erkak turmush qurishni talab qilgan sevgilisini yoqib yubordi