
O‘zbekistonda bosqichma-bosqich yo‘nalishli avtobuslar va tez yordam mashinalariga xavf tugmalari o‘rnatiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev qarorida belgilangan.
Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda jamoat transporti va tez yordam xizmatlarida tartib va xavfsizlikni ta’minlaydi. Bu tibbiyot xodimlari xavfsizligini ta’minlash uchun zarur.
2026 yil 1 yanvardan boshlab banklar, yirik korxonalar, hokimiyatlar va boshqa obyektlar o‘z mablag‘lari hisobidan kirish va chiqish joylariga yuzni aniqlash tizimlarini o‘rnatishni boshlaydi. Ushbu qurilmalar Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasiga ulanadi.
Barcha xavflilik signallari qo‘riqlanadigan obyektlar va uylar bilan bir vaqtda Ichki ishlar vazirligining operativ markazlariga hamda inspektor va patrul xodimlarining planshetlariga yuboriladi. Shuningdek, 2026 yildan boshlab qo‘riqlash xizmatlari uchun to‘lov obyekt kategoriyasiga qarab farqlanadi.
2026 yil oxirigacha muhim va strategik obyektlar bosqichma-bosqich dronlarga qarshi vositalar va o‘z dronlari bilan jihozlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.