date

Feruza Normatova Sergeli 1-tug‘ruq kompleksidagi e’tiborsizlik haqida jiddiy da’vo qildi

Feruza Normatova Sergeli 1-tug‘ruq kompleksidagi e’tiborsizlik haqida jiddiy da’vo qildi

Aktrisa Feruza Normatova Instagram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan videoda Sergeli 1-tug‘ruq kompleksidagi shifokorlar va nevropatolog faoliyati yuzasidan jiddiy e’tiroz bildirdi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uning yaqin tanishi mazkur shifoxonada farzandini dunyoga keltirgan. Ammo jarayon davomida bir qator muammolar kuzatilgan:

“Yaqin tanishim Sergeli 1-Roddomda tug‘di. Biz tog‘ga chiqqan edik, bizga xabar yetkazilmagan. U bir kun davomida qattiq qiynalgan. Tajribasiz akusherka kelgani uchun bolaning boshi qayta qayta urilgan. Keyin yoshi kattasi chaqirilgan va nihoyatda qiynalib bo‘lsa-da, tug‘dirib olishgan. Bolaning boshi lat yegan, hozir reanimatsiyada kislorod apparatida yotibdi. Onasiga ham ko‘rsatishmagan. O‘sha kuni borganimda hammasi yaxshi deb aytishdi, suratga tushishdi. Hozir bilsam, nevropatolog bolaning yoniga biror marta ham kirmagan ekan.”

Normatova tug‘ruq kompleksi shifokorlariga murojaat qilib, quyidagi savollarni o‘rtaga tashladi:

“Sergeli 1-tug‘ruqxonasining nevropatologi qayerda? Maldivda dam olyaptimi? Reanimatsiyada yotgan shuncha chaqaloq bor-ku! Nima qilaylik? Bu tug‘ruqxonani tekshirtirish kerakmi? Nega bunaqa qarovsiz? Bolaga biror narsa bo‘lgandan keyin kelib qaraysizlarmi? Bugun ariza bersak 3–4 kundan keyin kelarmish.”

Aktrisaning murojaati ijtimoiy tarmoqda keng muhokama qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Feruza Normatova Sergeli 1-tug‘ruq kompleksidagi e’tiborsizlik haqida jiddiy da’vo qildi