2 325
O‘zbekiston 1 mlrd dollarlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qildi
Joriy yilning 7 oy natijalariga ko‘ra, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini 1 mlrd. dollardan oshirishga erishildi
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yilga nisbatan mahsulotlarning eksportdagi o‘sish sur’ati 112 foizga ta’minlandi.
Ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 49 foiz, gazlama va trikotaj matolar, tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlar – qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning jami eksportdagi ulushlari 51 foizga ta’minlashga erishildi.
395 turdagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari 57 dan ortiq davlatlarga yetkazib berildi. Doimiy bozorlar hisoblangan MDH davlatlari qatorida Kuvayt, Vengriya, Slovakiya va Gretsiya kabi davlatlarga ham ilk bora to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi (394,5 mln. dollar – 39,2 foiz), Xitoy (187,6 mln. dollar – 18,6 foiz), Qirg‘iziston (139,1 mln. dollar – 13,8 foiz) va Turkiyaga (123,5 mln. dollar – 12,3 foiz) to‘g‘ri kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi