19:37 / 17.11.2021
2 223

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
Markaziy bank 18 noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,46 so‘mga ko‘tarilib, 10 755,26 so‘mni tashkil qildi. Yevro 36,27 so‘mga pastlab, 12 167,43 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 19,56 so‘mga ko‘tarilib, 10 740,80 so‘mni tashkil qilgandi.

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 15 noyabr kuni dollar kursi birinchi marta 10 790 so‘mgacha ko‘tarilgandi. Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda dollar kursi 2022 yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi