Oʻzbekistonda kiyim sanoatida eng yuqori koʻrsatkich qaysi viloyatda qayd etildi?

Oʻzbekistonda kiyim sanoatida eng yuqori koʻrsatkich qaysi viloyatda qayd etildi?
Qisqacha

2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondagi yirik korxonalar tomonidan jami 4,1 trillion so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi. Hududlar kesimida Andijon viloyati 1,8 trillion so‘mlik ko‘rsatkich bilan ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha respublikada mutlaq yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni Toshkent va Namangan viloyatlari egallagan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Mazkur raqamlar mamlakatda yengil sanoat tarmog‘i faol rivojlanayotganidan dalolat beradi.

2026 yil yanvar–fevral oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 4,1 trillion soʻmlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, bu koʻrsatkich mamlakatda yengil sanoatning faol rivojlanayotganini koʻrsatadi.

Hududlar kesimida eng yuqori natija Andijon viloyati hissasiga toʻgʻri kelib, bu yerda 1,8 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Shu bilan Andijon respublikada mutlaq yetakchi sifatida qayd etildi.

Keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati 524,6 milliard soʻm va Namangan viloyati 438,6 milliard soʻmlik koʻrsatkichlar bilan ajralib turibdi.

Fargʻona viloyatida 371,4 milliard soʻmlik, Toshkent shahrida esa 310,3 milliard soʻmlik kiyim ishlab chiqarilgan.

Boshqa hududlar orasida Samarqand viloyati 158 milliard soʻm, Buxoro viloyati 117,4 milliard soʻm va Qashqadaryo viloyati 89 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqargan.

Eng past koʻrsatkichlar Surxondaryo viloyatida 10,4 milliard soʻm va Jizzax viloyatida 19,3 milliard soʻmni tashkil etgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar