07:00 / 23.11.2021
1 656

O‘zbekiston Buyuk Britaniya bozoriga bojsiz kirish huquqiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Buyuk Britaniya bozoriga bojsiz kirish huquqiga ega bo‘ldi
O‘zbekiston elchisi Said Rustamov Buyuk Britaniya xalqaro savdo vazirining o‘rinbosari lord Jerri Grimstoun bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida Buyuk Britaniya vakili O‘zbekiston ushbu mamlakat Umumiy imtiyozlar tizimi (UK Generalised Scheme of Preferences, Enhanced Framework)ning kengaytirilgan rejimiga kiritilgani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqqanidan so‘ng ushbu tizimga kiritilgan birinchi davlat bo‘ldi. Buning natijasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 7800 dan ortiq turdagi tovarlar Buyuk Britaniyaga olib kirilayotganda import boji belgilanmaydi.

O‘zbekistonga Buyuk Britaniya bilan savdoda benefitsiar mamlakat maqomi berilishi keng turdagi o‘zbek mahsulotlarining Britaniya bozoriga kirishini osonlashtiradi va ularning raqobatbardoshligini oshiradi.

Qayd etilishicha, kengaytirilgan GSP sxemasi O‘zbekistonga 437 milliard funt sterling hajmga ega dunyoning beshinchi yirik iqtisodiyoti, dunyodagi eng internatsional iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkonini beradi.

Bunday qaror qabul qilinishiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning ijobiy dinamikasi xizmat qilgani va Buyuk Britaniya O‘zbekistondagi yangilanish jarayonini olqishlayotgani ta’kidlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston-Britaniya savdo va sanoat bo‘yicha kengashining (UBTIC) yillik yig‘ilishiga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish va uni 2022 yil Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha fikr almashilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Buyuk Britaniya bozoriga bojsiz kirish huquqiga ega bo‘ldi