3 629
Surxondaryoda 8 nafar davlat xizmatchisi yig‘ilish paytida DXX tomonidan ushlab ketildi
Surxondaryo viloyatida budjet mablag‘larining talon-toroj qilinishi, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlariga barham berish hamda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgan yig‘ilishda 8 nafar davlat xizmatchisi yig‘ilish jarayonida DXX tomonidan qo‘lga olindi.
Ya’ni, Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan budjet va kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan 1 nafar sobiq bank xodimi va 7 nafar turli tashkilot xodimlari ehtiyot chorasi sifatida majlis jarayonida qamoqqa olingan.
Tafsilotlar
Joriy yil may oyida «Surxondaryodonmahsulotlari» AJga qarashli «Alpomish» un tegirmoni sobiq rahbari D.A. va ombor mudiri F.A. qiymati 12 mlrd. 87 mln. so‘m bo‘lgan 2 ming 884 tonna don mahsulotini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Tergov harakatlari davomida D.A. o‘zi tomonidan talon-toroj qilingan 616 tonna don mahsuloti uchun yetkazilgan zararni, ya’ni 2 mlrd. 607 mln. so‘mni to‘liq qoplagani uchun unga nisbatan qo‘llanilgan «qamoq» ehtiyot chorasi «garov»ga o‘zgartirilgan.
Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida «Muzrabot don qabul qilish shoxobchasi» sobiq mudiri O.I. «Alpomish» un tegirmoni sobiq rahbari Yo.O.lar katta miqdordagi don mahsulotlarini talon-toroj qilgani aniqlangan. Natijada ularga nisbatan ham «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Bundan tashqari, un tegirmoni sobiq rahbari (Yo.O)ning qiymati 4 mlrd. 886 mln. so‘mlik 1 ming 166 tonna don mahsulotini talon-toroj qilgani aniqlandi. Tergov jarayonida sobiq rahbarga tegishli bo‘lgan qiymati 5 mlrd. 400 mln. so‘mlik ko‘chmas mulk ob’ektlari xatlovga olingan. Shu sababli unga nisbatan qo‘llanilgan «qamoq» ehtiyot chorasi ham «garov»ga o‘zgartirildi.
Shuningdek, ombor mudiri F.A. hamda tegirmon katta tahlilchisi X.J.lar tomonidan jinoiy yo‘l bilan topilgan 2 ta «Jentra» rusumli yengil avtomashina ham tegishli tartibda xatlandi.
Yana bir holat: 2021 yilda Sho‘rchi tumanidagi «Shurchi Indenim Klaster» MCHJ tassarufidagi 1376 gektar paxta maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish rejalashtirilgan. Amalda texnologiya 142,7 gektar maydonda barpo etilib, pudratchi «Agro new drip» MCHJ tomonidan ishlar to‘liq yakuniga yetkazilmagan. Hisobotlarda esa ishlarning to‘liq bajarilgani ko‘rsatilgan. Bu esa katta miqdordagi subsidiya mablag‘larining ajratilishiga sabab bo‘lgan.
O‘rganishlar davomida «Amu-Surxon» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i T.A. va ushbu boshqarmada faoliyat yuritib kelayotgan ayrim mas’ul shaxslar davlat budjetidan subsidiya mablag‘lari ajratilishi haqidagi imkoniyatdan qasddan foydalanib, yuqoridagi 142,7 gektar maydondan tashqari, qo‘shimcha 993 gektarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgani haqida soxta hujjatlar tuzgan.
Oqibatda «Shurchi Indenim Klaster» MCHJga 6 mlrd. 747 mln. 640 ming so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari asossiz ajratilgan va iqtisodiyotga katta miqdorda zarar keltirilgan. Mazkur holat yuzasidan T.A.ga gumonlanuvchi sifatida «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirda esa «Shurchi Indenim Klaster» MCHJ mas’ul shaxslari tomonidan yetkazilgan 6 mlrd. 747 mln. 640 ming so‘mlik zararning davlat foydasiga undirilishi ta’minlandi. Shu munosabat bilan unga nisbatan qo‘llanilgan «qamoq» ehtiyot chorasi «garov»ga o‘zgartirildi.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi