Airbnb asoschisi AQSh hukumat saytlarini yangilash uchun mutaxassis yolladi

1 daqiqa o'qish119
Airbnb asoschisi AQSh hukumat saytlarini yangilash uchun mutaxassis yolladi

Airbnb kompaniyasi asoschisi Joe Gebbia AQSh hukumatining raqamli platformalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan U.S. National Design Studio loyihasi doirasida taniqli dizayner Peter Arnellni birinchi bosh brend-arxitektor sifatida ishga qabul qildi. Bu haqda Gebbia The Wall Street Journal tomonidan tashkil etilgan "Future of Everything" konferensiyasida maʼlum qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Peter Arnell oʻzining qirq yillik faoliyati davomida Samsung, Pepsi, Reebok va Chrysler kabi dunyoga mashhur brendlar bilan ishlagan. Endilikda u AQSh hukumatiga qarashli 27 mingga yaqin veb-saytning dizayni va foydalanuvchilar uchun qulayligini oshirish vazifasini bajaradi. Maqsad — davlat xizmatlarini soddalashtirish va fuqarolarning hukumat platformalariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Joe Gebbia ushbu jarayonni Airbnb platformasini yaratishdagi yondashuvga qiyosladi. Uning soʻzlariga koʻra, murakkab davlat jarayonlarini xuddi Airbnb kabi oddiy, xavfsiz va tushunarli holga keltirish asosiy vazifadir. Hozirning oʻzida jamoa nafaqaga chiqish bilan bogʻliq qogʻozbozlik jarayonlarini raqamlashtirib, bir necha oy davom etadigan ishni bir necha daqiqaga qisqartirishga muvaffaq boʻldi.

Loyihaning yana bir muhim jihati — foydalanuvchi interfeysidagi (UX) kamchiliklarni bartaraf etishdir. Gebbia hukumat saytlaridagi murakkabliklarni "eng yomon UX namunalari" deb atadi va odamlar davlat xizmatlaridan foydalanishda oʻzlarini erkin hamda qulay his qilishlari kerakligini taʼkidladi. Jamoa saytlardagi keraksiz bosqichlarni qisqartirish orqali raqamli davlat boshqaruvini yangi bosqichga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?