Conor Gallagher: Roberto De Zerbi Tottenxemni o‘zgartirdi

Tottenxem yarim himoyachisi Conor Gallagher bosh murabbiy Roberto De Zerbi jamoaga kelganidan so‘ng yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirdi. Italiyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘tkazilgan dastlabki uchta o‘yinda 7 ochko jamg‘argan jamoa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida jon saqlab qolish uchun kurashda muhim qadam tashladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Aston Villa ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, Gallagher murabbiyning har bir futbolchi bilan alohida ishlash uslubi jamoa ruhiyatiga katta ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, De Zerbi futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini qaytarishda muhim rol o‘ynamoqda.
Yanvar oyida Atletiko Madrid klubidan Tottenxem safiga kelib qo‘shilgan 26 yoshli yarim himoyachi, murabbiy unga o‘zining Chelsi safidagi eng yaxshi mavsumlarini eslatib, motivatsiya berayotganini aytdi. De Zerbi futbolchiga uning salohiyatini unutmaslik kerakligini doimiy ravishda uqtirib kelmoqda.
Gallagherning fikricha, aynan shu individual yondashuv va o‘zaro muloqot jamoaning maydondagi o‘yiniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tottenxem endilikda mavsumning qolgan qismida yanada barqaror natijalar ko‘rsatishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!