Arsenal 20 yillik kutishdan soʻng Chempionlar ligasi finalida

Londonning Arsenal jamoasi 20 yillik tanaffusdan so'ng Chempionlar ligasi finaliga yo'l oldi. Yarim finalning javob uchrashuvida Bukayo Saka 45-daqiqada kiritgan yagona gol Mikel Arteta shogirdlariga tarixiy g'alabani taqdim etdi. Endilikda Arsenal 30-may kuni Budapeshtda bo'lib o'tadigan hal qiluvchi bahsda Bavariya yoki PSJ jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.
Arsenal jamoasi 20 yillik tanaffusdan soʻng yana Chempionlar ligasi finaliga yoʻl oldi. Yarim finalning javob uchrashuvida Atletiko Madrid darvozasiga kiritilgan yagona gol London klubiga tarixiy gʻalabani taqdim etdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Birinchi oʻyinda qayd etilgan 1:1 hisobidan soʻng, javob bahsida Bukayo Saka 45-daqiqada Leandro Trossardning zarbasidan keyin qaytgan toʻpni darvozaga joylab, jamoasini oldinga olib chiqdi. Diego Simeone shogirdlari himoyada tartibli oʻyin koʻrsatishga harakat qilgan boʻlsalar-da, Arsenal hujumlarini toʻxtatib qola olmadilar.
Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa 2006-yildan beri ilk bor nufuzli turnir finaliga chiqdi. Endilikda Arsenal 30-may kuni Budapeshtda boʻlib oʻtadigan hal qiluvchi bahsda Bavariya yoki PSJ jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.
Atletiko Madrid esa oʻz tarixida uchinchi bor finalga chiqish imkoniyatini boy berdi. Oʻyin davomida mehmonlar qarshi hujumlarda xavfli vaziyatlar yaratishga uringan boʻlsalar-da, Arsenal himoyasi va darvozaboni ishonchli oʻyin koʻrsatib, hisobni saqlab qoldi.































Izohlar 0
…