
Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 15.04.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor D.Batirovadan undiruvchi “Infinbank” ATB Sergeli filiali foydasiga 354 mln. 972 ming so‘m qarz undirish va undiruv garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkga qaratish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor tomonidan berilgan muddatda bajarilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garovdagi ko‘chmas mulk auksion savdolarida sotilib, bank hisob raqamiga 354 mln. 972 ming so‘m pul mablag‘lari o‘tkazib berildi.
Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumarlararo sudining 23.05.2017yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor F.Shoqosimovdan undiruvchi G.Azimovaning foydasiga 1/2 qism miqdorida 3 nafar farzandining foydasiga 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pullarini yani 150 mln. so‘m pullari Byuroning Yunusobod tuman bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan undirilib undiruvchi G.Azimovaning hisob-raqamlariga o‘tkazib berildi.
Shu bois ijro ishlari O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga amalda tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar