![Buxoroda televizor ustasi uy egasining muzlatkich ichida bo‘lgan pullarini o‘g‘irladi](https://iiv.uz/imageproxy/800x/https://iiv.uz/media/news/file__19-03-2023_065443.jpg)
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tanishining muzlatkich ichiga yashirilgan pullarini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 9 mart kuni G‘ijduvon tumani “Abdulla Qahhor” mahallasida yashovchi 50 yoshli B.L. o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, “Chorsu” mahallasida yashovchi tanishining yashash xonadoniga televizorni tuzatib berish uchun borgan.
Usta u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilib, A.E.ning muzlatkichi ichida bo‘lgan 4 million so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar