
Foto: Videolavhadan skrinshot
Buxoro viloyati Kogon tumanida uch nafar ayol va bir erkak o‘zaro til biriktirib, boshqa bir ayolni “samosud” qildi.
Viloyat IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, uch ayol va bir erkak o‘zaro oldindan til biriktirib, ayolning uyiga go‘yoki Shohrux ismli yigitni so‘rab kelib, aldov yo‘li bilan uyga kirgan.
Shundan so‘ng, ular ayol bilan oldindan bo‘lgan kelishmovchilikni ro‘kach qilib, uni xonadan yotoqxonasiga olib kirib qulflagan va jabrlanuvchiga zo‘rlik ishlatib, uni urib, sochlarini kesib tashlagan. Holatni telefonda videoga olib, jabrlanuvchini keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib voqea joyidan ketishgan.
Buxoro viloyati Kogon tumanida ayol o‘z uyida “samosud” qilinib, sochlari kesib tashlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. pic.twitter.com/eu6PQZyVqe
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) May 4, 2023
Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ayolga yengil turdagi tan jarohati yetkazilgan. Olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Tergov yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, qonunda belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi”, — deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar