date
views 2 585

Xans-Diter Flik: «To‘rtta “El klasiko”da g‘alaba qozonish – bu tarixiy natija, lekin...»

Xans-Diter Flik: «To‘rtta “El klasiko”da g‘alaba qozonish – bu tarixiy natija, lekin...»
Ispaniya La Ligasining 35-turida eng muhim va katta qiziqish uyg‘otgan bellashuv – "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi navbatdagi "El klasiko" bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuv nafaqat ikkala jamoa, balki butun futbol olami e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Natijada muxlislar haqiqiy futbol spektaklining guvohiga aylanishdi.

To‘purarlikka boy va keskin kechgan uchrashuvda mezbonlar – "Barselona" o‘z xarakterini ko‘rsatib, 4:3 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba orqali kataloniyaliklar o‘zining chempionlik sari intilgan yo‘lida katta qadam tashladi.

Uchrashuvdan so‘ng, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot bilan muloqotda g‘alabaning muhimligi va jamoaning kelajakdagi rejalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz bu mavsumda "Real" bilan o‘tkazgan barcha to‘rtta "El klasiko"da g‘alaba qozondik. Bu biz uchun tarixiy va muhim natija. Har bir g‘alaba muxlislarimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Lekin biz hozir bundan ortiqcha quvonib ketmasdan, oldindagi uchrashuvlarni ham muvaffaqiyatli yakunlash haqida o‘ylashimiz kerak», – deb ta’kidladi murabbiy.

Flik, shuningdek, jamoasining o‘yinidan mamnun ekanligini, biroq maydonda xatolardan qochib bo‘lmasligini ham aytib o‘tdi:

«Albatta, men doim ham ochiqchasiga quvonishimni bildirmayman, ammo jamoam namoyish etayotgan futbol menga ma’qul kelmoqda. Futbol xatolarsiz bo‘lmaydi. Bizning asosiy vazifamiz – ana shu kamchiliklar sonini iloji boricha kamaytirish va yanada kuchli o‘yin ko‘rsatishdir», – deya qo‘shimcha qildi kataloniyaliklar ustozi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Ispaniya chempionatida mavsumning yakunlanishiga uch tur qolgan holda, "Barselona" 82 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va eng yaqin raqibi "Real" klubini 7 ochkoga ortda qoldirgan. Agar kataloniyaliklar keyingi turda "Espanol" ustidan g‘alaba qozonsa, muddatidan oldin chempionlikni rasman rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xans-Diter Flik: «To‘rtta “El klasiko”da g‘alaba qozonish – bu tarixiy natija, lekin...»