date
views 5 753

Yulduz Usmonova yuraklarni larzaga solgan ijrosi bilan Shirin Abdullayeva xotirasini yod etdi

Yulduz Usmonova yuraklarni larzaga solgan ijrosi bilan Shirin Abdullayeva xotirasini yod etdi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘zining his-hayajonga to‘la yangi ijrosini taqdim etdi. Bu qo‘shiq 3 oy avval bor-yo‘g‘i 19 yoshida hayotdan ko‘z yumgan va butun mamlakat ahlini yig‘latgan Shirin Abdullayeva xotirasiga bag‘ishlangan.

Qo‘shiqning so‘zlari Shirinning onasi Gulnoz Abdullayeva tomonidan yozilgan bo‘lib, unda farzandiga bo‘lgan cheksiz sog‘inch, bag‘ri so‘lgan onaning dardi va endi hech qachon ortga qaytarib bo‘lmaydigan ajralish iztirobi aks etgan. Yulduz Usmonova o‘zining ta’sirchan ovozi bilan bu satrlarga yangicha ruh va his bag‘ishlagan:

“Qo‘l uzatsam yetmas joydasan,
Seni quchgan bag‘rim ham bo‘m-bo‘sh.
Ko‘kda kulib turgan oydaysan,
Bu ro‘yomi, yoki go‘yo tush...”

Bu qo‘shiqni eshitib, ko‘pchilik ko‘z yoshlarini tuta olmadi. Yulduz Usmonovaning ijrosi faqat Shirinning yaqinlarini emas, balki butun xalqni larzaga soldi. Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shiq ijrosining videosi tez orada keng tarqalib, odamlarning qalblariga yetib bordi va ko‘plab yurtdoshlarimizning his-tuyg‘ulariga javob bo‘ldi.

Shirin Abdullayeva yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘plab insonlarning yuragidan joy olgan, uning yorug‘ xotirasi hech qachon unutilmas. Yulduz Usmonova tomonidan ijro etilgan ushbu qo‘shiq esa abadiy ajralgan farzandini sog‘ingan har bir ona uchun hissiyotlarga to‘la chinakam dil izhoridir.

Shirinning ruhi shod, joylari jannatda bo‘lsin...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova yuraklarni larzaga solgan ijrosi bilan Shirin Abdullayeva xotirasini yod etdi