
E’zoza Karimova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar E’zoza Karimov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
E’zoza Karimova 2021-2021 yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i, 2021-2023 yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2023-2024 yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Yangi O‘zbekiston universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlagan.
E’zoza KarimovaNizomiy UniversitetiTa’lim VazirligiIxtisoslashtirilgan Ta’limYoshlar MasalalariMaktabgacha Ta’lim O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar