
Dunyo futbolidagi eng mashhur va qizg‘in qarama-qarshiliklardan biri bo‘lgan Ispaniyaning "El Klasiko"si yana bir bor millionlab muxlislarning diqqat-markazida bo‘ladi. 11 may kuni bo‘lib o‘tadigan "Barselona" va "Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv La Liga tomonidan juda yuqori darajada translyatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.
Tashkilotchilar tomonidan bildirilishicha, "Kamp Nou" stadionida o‘tadigan ushbu to‘qnashuvning har bir daqiqasini futbol muxlislari uchun yanada aniq, ravshan va to‘liq aks ettirish maqsadida, ulkan texnik tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Buning uchun 500 nafardan ziyod yuqori malakali mutaxassislar, operatorlar, rejissyorlar va muhandislar jalb etilgan.
Texnik jihozlash borasida ham jiddiy ish olib borilgan bo‘lib, turli xildagi 40 ta zamonaviy kameralar o‘rnatiladi. Ular ichida muhim vaziyatlarni batafsil aks ettiruvchi maxsus sekin suratga oluvchi kameralar, havodan tasvirga oluvchi dronlar va kinematografik professional kameralar bor.
Shuningdek, maxsus texnologiyalar yordamida muxlislar maydondagi o‘yinchilarning har bir harakati, his-tuyg‘ulari va hatto murabbiylarning reaksiyalarini ham yuqori sifatda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Har ikki klub ham ushbu bahs oldidan jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xans-Diter Flik boshchiligidagi kataloniyaliklar "Inter"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin qayta tiklanishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, Karlo Anchelottining "Real"i ham mavsumni yuqori notada yakunlashni ko‘zlamoqda.
Bundan tashqari, ushbu "El Klasiko" joriy mavsumning eng muhim o‘yinlaridan biri sifatida baholanmoqda. Uchrashuvning natijasi jamoalarning musobaqa jadvalidagi yakuniy o‘rniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, super bahs 11 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi. Ushbu uchrashuv futbol olamining barcha ishqibozlari uchun haqiqiy bayram bo‘lishi shubhasiz. Tomosha qilishga tayyormisiz?
El KlasikoIspaniya FutboliBarselona Real MadridTexnik TayyorlovFutbol MuxlislariJamoalar Uchrashuvi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar