date
views 28 953

Munisa Rizayeva o‘z xodimlarining maoshi sirini oshkor qildi: qo‘l ostidagilar qancha maosh oladi?

Munisa Rizayeva o‘z xodimlarining maoshi sirini oshkor qildi: qo‘l ostidagilar qancha maosh oladi?
O‘zbek shou-biznesining mashhur xonandasi Munisa Rizayeva o‘zining shaxsiy hayoti va biznes faoliyati haqidagi qiziqarli savollarga javob berdi. Xonanda blogerga bergan intervyusida, ayniqsa, o‘z qo‘lida ishlaydigan xodimlarga qancha maosh to‘lashini ochiq-oydin aytib o‘tdi.

Blogerning «Endi biznesblogu, so‘ramasam bo‘lmaydi, Munisa Rizayeva bir oyda qancha pul ishlaydi?» degan savoliga xonanda kutilganidan ham oshkora va batafsil javob qaytardi:

«Hozirgi paytda daromadlarimga nisbatan xarajatlarim ko‘payib ketgan. Chunki juda katta jamoani ishga olganman. Yolg‘on aytmasam, hozir taxminan 40 nafar ishchim bor. Bir ishchim 5000 dollar oladi, yana biriga 3000 dollar to‘layman, orasida hatto 15000 dollar maosh oladiganlar ham bor. Endi boshqalariga esa 1500 dollardan to‘lashim mumkin. Hisob-kitob qilsam, daromadlarimdan xarajatlarim oshib ketib qoldi. Shuning uchun ham hozir bir-ikkita yangi loyihalarni ishga tushiryapman», – deya tan oldi xonanda.

Suhbat davomida Munisa Rizayeva o‘ziga xos ochiqlik va samimiylik bilan savollarga javob berdi. Uning aytishicha, hozirgi eng katta vazifasi – jamoa ishini yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yish va xarajatlarni optimallashtirish orqali o‘z faoliyatini rivojlantirishdir.

Ushbu intervyu tezda muxlislar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xonandaning oshkoraligi va o‘z xodimlariga bo‘lgan e’tibori ko‘pchilik tomonidan olqishlandi, yangi loyihalarida esa unga omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.

Munisa Rizayeva nafaqat mashhur xonanda, balki yaxshi biznes-ledi sifatida ham tanilgan bo‘lib, u o‘z tajribasi va biznes siri bilan muxlislar bilan ochiq baham ko‘rishdan cho‘chimaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Munisa Rizayeva o‘z xodimlarining maoshi sirini oshkor qildi: qo‘l ostidagilar qancha maosh oladi?