date
views 6 078

Sabrina Jabborovani oyoqqa turg‘azgan turkiyalik shifokorlar Toshkentda tantanali kutib olindi (video)

Sabrina Jabborovani oyoqqa turg‘azgan turkiyalik shifokorlar Toshkentda tantanali kutib olindi (video)
Aktrisa Sabrina Jabborova yaqinda xonanda Ozoda Nursaidovaning "Dilbarim" klipi suratga olish jarayonida avtomobil halokatiga uchrab, og‘ir jarohat olgan edi. Bu baxtsiz hodisadan so‘ng aktrisa Turkiyada murakkab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Unga muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan va yana hayotga qaytargan turkiyalik shifokorlar Toshkentda katta minnatdorlik bilan kutib olindi.

Toshkent aeroportida mehmonlar chiroyli gullar bilan kutib olindi. Shundan so‘ng, Toshkentdagi mashhur restoranlardan birida mehmonlar sharafiga bayram dasturxoni yozilib, milliy kuy-qo‘shiqlar, raqs va shodlik bilan to‘lgan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Sabrina Jabborovaning sog‘ayib ketishida katta hissa qo‘shgan turkiyalik shifokorlarga samimiy minnatdorlik bildirildi. Tadbir tashkilotchilari mehmonlarga o‘zbek milliy zarbof choponlari va do‘ppilarini sovg‘a qilib, ularni hurmat bilan siyladilar.

Kechada o‘zbek xalq raqslari, milliy kuy-qo‘shiqlar mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Sabrina Jabborova ham yaqinlari va do‘stlari bilan birga quvonch bilan raqsga tushdi, shifokorlar bilan esdalik suratlariga tushdi.

Tadbirda mehmonlar ham, mezbonlar ham o‘zaro iliq munosabatda bo‘lib, madaniyatlararo do‘stlikning yorqin namunasini namoyish etdilar.

Zamin.uz jamoasi Sabrina Jabborovaga yana bir bor sog‘liq va ijodiy yutuqlar tilaydi, turkiyalik shifokorlarga esa minnatdorlik bildirib qoladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sabrina Jabborovani oyoqqa turg‘azgan turkiyalik shifokorlar Toshkentda tantanali kutib olindi (video)