Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida «Men G‘olib» vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan «Men G‘olib» harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
“Humo Arena” sport majmuasining maydonchasidan 3 km va 10 km masofaga 1000 nafardan ortiq yuguruvchilar start oldi. Vatanparvarlik yugurish musobaqasida nafaqat mamlakatimiz qurolli kuchlari vakillari, kuch ishlatish tuzilmalarining xodimlari, harbiy o‘quv muassasalarining kursantlari, balki professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar ham ishtirok etdi.
Tadbir asosiy tashkilotchisi – Yengil atletika federatsiyasi, bosh hamkor – «O‘zbekneftgaz» AJ bo‘lib, musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi qoshidagi Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar hokimligi ko‘magida bo‘lib o‘tdi.
«Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi an’anaviy tarzda yiliga ikki marta – Vatan himoyachilari va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkaziladi. 2021 yildan boshlab «Men G‘olib» yugurish musobaqasi O‘zbekiston kuch ishlatish tuzilmalarining vakillari, harbiy xizmatchilar, harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida eng kutiladigan sport musobaqalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Tadbir kuni O‘zbekiston Respublikasi harbiy va kuch ishlatish tuzilmalarining rahbarlari o‘z xodimlarining jamoaviy ruhini qo‘llab-quvvatlash uchun yetib kelishdi. «Men G‘olib» yugurish musobaqasining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi hamda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zafar Qurbonov, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Sanjar Zuparov, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi.
– «Men G‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘z mamlakatining chinakam vatanparvarlari uchun muhim voqeadir. Sport ommaviy yugurish musobaqasi har bir harbiy-kuch tuzilmalarining munosib vakillarini bir start maydonchasida to‘plash va ularning mardligi, jasorati, O‘zbekiston ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi, – dedi Viktor Mahmudov o‘zining tabrik nutqida.
Ilk marotaba 10 km masofaga yugurishda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar soni 3 km masofada yugurishga arizalar sonidan oshib, bu O‘zbekistonda yugurishning tobora ommalashib borayotganidan va sog‘lom turmush tarziga ongli ravishda yondashishdan dalolat beradi. Avlodlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, yosh avlodni Vatan himoyachilari bayrami bilan tanishtirish maqsadida katta yoshdagi bolalar ota-onalari bilan birgalikda «Men G‘olib» vatanparvarlik-yugurish musobaqasida 3 km masofaga yugurishdi.
Musobaqalar yakka tartibda va jamoaviy birinchiliklarda tashkil etildi.
Jamoaviy birinchilikda kuch ishlatishsh tuzilmalar idoralarining 7 ta jamoasi va o‘quv ta’lim muassasalarining 6 ta jamoasi «Men G‘olib» kubogi uchun kurashishdi. Ular orasida Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari ham bor edi. O‘quv ta’lim muassasalarining jamoalari Qurolli kuchlar akademiyasi, Umumiy xavfsizlik universiteti, Ichki ishlar akademiyasi, FVV akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Davlat Bojxona qo‘mitasi institutining kursantlari orasidan shakllantirildi.
«Men G‘olib» jamoaviy musobaqalarida to‘rtinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Yakka tartibdagi birinchilik g‘oliblari quyidagilar bo‘ldi:
✔️ 3 km (erkaklar):
1. Nodirbek Mutalipov – 8:43
2. Otabek Toshquvatov – 8:46
3. Hasan Mirsoatov – 8:47
✔️ 3 km (ayollar):
1. Maryam Tojiboyeva – 11:03
2. Viktoriya Morozova – 11:25
3. Oydina Ikromova – 11:30
✔️ 10 km (erkaklar):
1. Bekzod Baymatov – 32:31
2. Shahram Abdurahmonov – 33:12
3. Muhriddin Mirzaliyev – 33:27
✔️ 10 km (ayollar):
1. Abdullayeva – 47:03
2. Laziza Temirova – 47:03
3. Diana Vyazikova – 47:04
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring