11:08 / 23.04.2019
23 223

Xonanda Nilufar Usmonova o‘z ismini nima uchun o‘zgartirdi?

Xonanda Nilufar Usmonova o‘z ismini nima uchun o‘zgartirdi?
Nilufar Usmonova 5 yil avval ismini o‘zgartirganini ma’lum qildi. U bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Demak tanishamiz! Mening ismim Aisha! Assalomu alaykum, men bu siz bilgan Nilufar Usmonova, ammo 5 yildan buyon men Aishaman.

Avvalambor, Alhamdulillah, muslimaman. Bilasizmi men ismimning ham muslimalarga xos bo‘lishini juda ham xohlardim. Qolaversa, bu ism menga judayam yoqib qolgan. Men ism egasi Aisha onamizga havas qilib, azon ayttirib bu ismni qo‘ydim.

Bu shaxsiy hayotimdan sizlarga va’da qilgan eng asosiy ma’lumotlardan biridir», — deb yozadi Nilufar Usmonova.

Nilufar Usmonovaning yozishicha, Aisha - eng mashhur musulmon ayol ismlaridan biri bo‘lib, arab tilidan tarjima qilganda «Barhayot», «Yashovchi», «Yashash» ma’nolarini beribgina qolmay, payg‘ambar Muhammad S.A.V ning rafiqalaridir.

«Aisha onamiz qo‘li ochiq, juda saxiy edilar. Ular qisqa umr ko‘rgan bo‘lsalar-da Payg‘ambarimiz bilan juda baxtli, osuda va mehr- muhabbatga to‘la hayot kechirganlar», — deb yozadi Nilufar Usmonova.
View this post on Instagram

Demak tanishamiz!!! Mani ismim Aisha! Assalomu aleykum man bu siz bilgan Nilufar Usmonova, ammo 5 yildan buyon MAN AISHAMAN???????? Avvalambor Alhamdulillah muslimaman. Bilasizmi man ismimni ham muslimalarga xos bo'lishini juda ham xohlardim. Qolaversa, bu ism manga judayam yoqib qolgan. Man ism egasi Aisha onamizga havas qilib, azon ayttirib bu ismni qo'ydim. Bu ma'lumot man sizga aytgan o'zimni shaxsiy hayotimdan sizlarga va'da qilgan eng asosiy ma'lumotlardan biridir???????? #haqiqatbu Aisha - eng mashhur musulmon ayol ismlaridan biri bo'lib, arab tilidan tarjima qilganda "Barhayot", "Yashovchi", "Yashash" ma'nolarini beribgina qolmay, payg'ambarimiz Muhammad S.A.V ning rafiqalaridir. Aisha onamiz qo'li ochiq, juda saxiy edilar. Ular qisqa umr ko'rgan bo'lsalar-da Payg'ambarimiz bilan juda baxtli, osuda va mehr- muhabbatga to'la hayot kechirganlar. Sizlar uchun bugunchalik qoldirgan va va'da qilgan ma'lumotim shu???? Navbati bilan albatta shaxsiy hayotimga bog'liq ma'lumotlarni taqdim etib boraman. Azizlarim sizlar bilan yana bog'langunimcha sog'-omon bo'lishga majbursizlar. Ha aytgancha, man ismlarini go'zallashtirganlarni yoki chiroyli ma'noli ismga o'zgartirganlarni juda ham ko'pchiliklarini taniyman. Qadrli poylovchilarim, sizlarning orangizda ham ism o'zgartirganlar bormi?

A post shared by Aisha ????Nilufar Usmonova (@nilufarusmonova) on


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Nilufar Usmonova o‘z ismini nima uchun o‘zgartirdi?