![O‘zbekistonda ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun aholiga 1-2 gektardan yer beriladi](https://ansor.info/wp-content/uploads/2018/01/tut.jpg)
O‘zbekistonda Vetnam tajribasi asosida aholiga ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun yer beriladi. Bu haqda 23 mart kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, yig‘ilishda pillachilik va junchilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida 15 ming gektar, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 10 ming gektardan, Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida 5 ming gektardan aholi yashash joylariga yaqin lalmi va yaylov maydonni o‘zlashtirib, pilla klasterlarini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
Bu yerlar Vetnam tajribasi asosida aholiga 1-2 gektardan ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun beriladi.
Shuningdek, Oltinsoy, Sho‘rchi, Konimex, Nurota, Muborak, G‘uzor, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Forish, Tuproqqal’a tumanlarida aholi yashash joylariga yaqin 10 ming gektardan lalmi va yaylov maydonda jun klasterlarini tashkil qilish topshirildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar