date
views 295

Karlo Anchelotti “Real”dan ketmoqda: uning keyingi manzili ham ma’lum

Karlo Anchelotti “Real”dan ketmoqda: uning keyingi manzili ham ma’lum
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha bo‘lishiga qaramay, mavsum oxirida jamoani tark etadi. Bu haqda Marca nashri o‘z manbalariga asoslanib xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 65 yoshli italiyalik tajribali mutaxassis may oyining oxirgi haftasida «Real»dan ketishi haqida rasmiy ma’lumot beradi. Uning navbatdagi faoliyat manzili esa allaqachon ma’lum bo‘lgan — Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishga rozilik bildirgan.

Anchelotti 2021 yilda «Real» klubiga ikkinchi marta bosh murabbiy sifatida qaytgan edi. U avval ham 2013-2015 yillar mobaynida «Qirollik klubi»ni boshqargan va bir qator katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

Jumladan, Karlo Anchelottining rahbarligida «Real Madrid» jamoasi uch marta Yevropa Chempionlar ligasida, ikki marta Ispaniya La Ligasida va shuningdek, ikki bor Ispaniya kubogida g‘alaba qozongan.

Italiyalik mutaxassisning Madrid klubidagi ketishi ko‘plab muxlislar va futbol olamida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, uning Braziliya terma jamoasiga o‘tishi mazkur mamlakat futboli uchun yangi davr boshlanishiga sabab bo‘lishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti “Real”dan ketmoqda: uning keyingi manzili ham ma’lum