21:04 / 24.03.2023
486

FVV zilzilalar bo‘yicha yangi murojaat bilan chiqdi

FVV zilzilalar bo‘yicha yangi murojaat bilan chiqdi
FVV zilzilalar bo‘yicha yangi murojaat bilan chiqdi.
 
«Hurmatli hamyurtlar, bugun ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor zilzila ro‘y berishi mumkinligi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalib, uning manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy veb-sayti ko‘rsatilgan.
 
«7-9 balli zilzila ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxati» FVV tomonidan e’lon qilinmadi. Aholimizni sarosimaga tushmaslikka va feyk xabarlarga ishonmaslikka chaqirib qolamiz.
 
Bugungi kunda zilzilaning vaqti va joyini aniq belgilab beruvchi texnologiya yo‘qligini eslatib o‘tamiz», deyiladi murojaatda.
 
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududida 5 ballgacha yer silkinishlari kuzatildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat