
Microsoft korporatsiyasi Skype messenjeri faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar berdi Kursiv Media. Bu qaror Skype’ning bepul va obuna asosidagi foydalanuvchilariga taalluqli bo‘lib, faqat Skype for Business korporativ platformasi ishlashda davom etadi.
Microsoft foydalanuvchilarga Microsoft Teams dasturini taklif qilmoqda, u Skype’ning asosiy funksiyalari — chatlar, ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni o‘z ichiga oladi. Foydalanuvchilar mavjud Skype akkaunti orqali Teams’ga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin, bu holda kontaktlar va xabarlar avtomatik ravishda ko‘chiriladi. Foydalanuvchilarga bu haqda dasturda xabar beriladi.
MicrosoftSkypeTeamsMessenjerFoydalanuvchilarKorporativ Platforma O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar