08:33 / 20.06.2023
100

Abiturientlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi

Abiturientlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi

My.gov.uz orqali abiturientlarni (2023/2024 oʻquv yili uchun) oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga shaxsiy tashrifsiz, qogʻoz hujjatlar va navbatlarsiz onlayn roʻyxatga olish boshlandi.

Ushbu jarayonda talabgor telefon raqamini avtorizatsiyadan oʻtkazib, pasport ma'lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta'lim muassasasi boʻyicha ma'lumotlarini kiritsa, shuningdek, imtiyozi mavjudlar ularni tekshirib, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikati borlar bu haqdagi ma'lumotlarni yuklasa kifoya.

Ta'lim yoʻnalishini yangi oʻquv yili uchun qabul parametrlarining ta'lim tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlanganidan soʻnggina tanlash mumkin boʻladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun abiturientlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165 000 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

Quyidagi toifaga kiruvchi abiturientlar toʻlovdan ozod etiladi:

  • test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilida ta'lim muassasalarini bitirganlar;
  • I, II va III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
  • «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar;
  • toʻliq davlat ta'minotidagi shaxslar.

Roʻyxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etishini hisobga olib, abiturientlar oxirgi kungacha oʻz ma'lumotlarini oʻzgartirishi, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar ular haqidagi ma'lumotlarini keltirishi mumkin boʻladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat